Mazmunga oʻtishazimai.uz

Maʼlumotlar va nazorat

Ulashdan oldin — aniq qoidalar.

Agent nimalarni koʻrishi, nima qila olishi va nosozlikda kim yordam berishini ish tizimlariga ruxsat berishdan oldin kelishamiz.

Maʼlumotlarni qanday himoyalaymiz

Ulashdan oldin Oʻzbekiston qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda maʼlumotlar tarkibi, kirish huquqlari va qayta ishlash shartlarini kelishamiz. Tashqi AIʼga yuboriladigan matnli soʻrovlarda shaxsga doir maʼlumotlarni yashiradigan qoʻshimcha himoya qatlamini joriy etyapmiz. Har bir loyiha uchun mavjud himoya choralarini alohida belgilaymiz.

Vazifalarni bajarish uchun maʼlumotlar tashqi AI-servislar va infratuzilma tomonidan qayta ishlanishi mumkin.

Nimalarni ulaymiz

Vazifangiz uchun kerakli manba va maʼlumotlarni tanlaymiz: CRM, hisob tizimi, hujjatlar yoki yozishmalar. Natijalarga qaysi rol va xodimlar kirishini kelishamiz.

Agent nimani oʻzi bajaradi

Harakat chegaralarini belgilaymiz. Masalan, muntazam hisobot avtomatik tayyorlanishi, narxni oʻzgartirish esa inson qarorini talab qilishi mumkin. Qoidalar rol va jarayonga bogʻliq.

Natijani qanday tekshirish mumkin

Agent xato qilishi mumkin. Ishga tushirishda ish misollarini tekshiramiz va xulosani manbalar bilan solishtirish tartibini kelishamiz. Muhim qarorlarda davr, maʼlumotlarning toʻliqligi va xulosa asosini tekshiramiz.

Nosozlikda kim yordam beradi

Care yangilanishlar, xatolarni tuzatish, ustuvor yordam va kelishilgan rol doirasidagi oʻzgartirishlarni oʻz ichiga oladi. Qabul qilingan kundan birinchi oy bepul. Yordam va tiklash tartibini yechimingiz uchun belgilaymiz.

Kirishni qanday toʻxtatish mumkin

Ulangan servislarda berilgan ruxsatlarni bekor qilish va uzish uchun jamoamizga murojaat qilish mumkin. Materiallar kompaniyangizga tegishli boʻlib qoladi; saqlash muddati, topshirish va oʻchirish tartibini shartnomada belgilaymiz.

Birinchi suhbat uchun vazifa tavsifi yetarli. Parol, kalit yoki shaxsga doir maʼlumotlar bor fayllarni yuborish kerak emas.

Vazifani bepul muhokama qilish ↗

Birinchi suhbat bepul. Diagnostika va joriy etishni alohida kelishamiz.

Joriy etish va Care: azimai jamoasi, «NOIB» MCHJ. Asoschi — Azim Orifjonov ↗

Maxfiylik siyosati ↗